Tojikiston elektrdan foydalanishda cheklovlar kiritdi

Tojikiston elektrdan foydalanishda cheklovlar kiritdi

Tojikistonning qishloq joylarida 5 yanvardan boshlab soat 23:00 dan ertalab 6:00 gacha elektr ta’minoti to‘xtatiladi.

Aytilishicha, ushbu qaror Nurek GES suv omboridagi suv sathi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 metrga pasaygani sababli qabul qilingan. Manba energiya cheklovi qancha davom etishini ma’lum qilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuzda respublikaning qishloq joylari va tumanlari aholisi elektr energiyasining tez-tez va uzoq vaqt uzilishidan shikoyat qilgandi. Lekin 10 dekabrdan boshlab respublikaning barcha qishloq, tuman va shaharlari, (bir necha soat davomida to‘xtash holatlarini hisobga olmaganda) elektr energiyasini uzluksiz va tunu kun foydalanib kelayotgandi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Tojikistonning suv-energetika resurslari bahor-yoz mavsumigacha ushlab turish uchun yetarli emas va ayni cheklovlarni tatbiq etish shuning uchun ham muhim hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami kunida  prezident Imomali Rahmon yana bir bor barcha Tojikiston xalqiga murojaat qilib «Agar biz qishni muammosiz va qiyinchiliksiz o‘tkazishni xohlasak, qishda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak», — deya ta’kidlagandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!