«Titanik»: Jekda tirik qolish imkoniyati bo‘lganmi?

«Titanik»: Jekda tirik qolish imkoniyati bo‘lganmi?

Mashhur «Titanik» filmining rejissyori Jeyms Kemeron juda ko‘plab tomoshabinlarning bahs-munozaralaridan so‘ng, bosh qahramonlar Rouz va Jekning ikkalasi ham tirik qolishi mumkinligini tekshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Film muxlislari Jek dengizdagi eshik bo‘lagi ustida bo‘lgan Rouz yoniga chiqib olganida, tirik qolgan bo‘lishini ta’kidlab, rejissyorga ko‘plab e’tirozlarni bildirishgan edi.

2022 yil dekabr oyida Jeyms Kemeron to‘liq ilmiy tadqiqot o‘tkazganini va Rouz bilan Jekda birga tirik qolish imkoniyati bo‘lmaganini aniqlaganini aytdi.

Izlanishlar davomida rejissyor Jek va Rouzga o‘xshash gavdaga ega bo‘lgan kaskadyorlar yordamida ikkala qahramon haqiqatdan ham, eshikka sig‘masligini isbotladi – u ikkalasining vazniga dosh berolmay, suvga g‘arq bo‘lar edi.

Biroq, rejissyor bu so‘zlari bilan mug‘ombirlik qilgani ma’lum bo‘ldi. Aslida, Jekda tirik qolish uchun bir imkoniyat bo‘lgan. National Geographic kanali bu haqda maxsus ko‘rsatuv ishlagan va unda Jekning tirik qolish yo‘li namoyish etiladi.

Qayd qilinishicha, agar Rouz o‘zining qutqaruv nimchasini Jekka berganida, u qayiqlar yetib kelguncha bir necha soat davomida suv yuzasida jon saqlashi mumkin edi. Hatto muzdek suv sharoitida ham. Buni sinab ko‘rish uchun Kemeron kaskadyorlar ishtirokida sinov o‘tkazgan. Uning natijalari Jekda imkoniyat bo‘lganini ko‘rsatgan.

«Qutqaruvchi qayiq yetib kelguniga qadar u chiday olardi. Jek omon qolishi mumkin edi, lekin ba’zi istiholalar bor. Menimcha, Jek nimchani olmagan bo‘lardi. «Men Rouzni xavf ostiga qo‘yadigan hech narsa qilmayman», degan bo‘lardi u. Bu uning xarakteriga 100 foiz mos keladi», dedi Kemeron.

Oddiy qilib aytganda, agar Jek Douson o‘zining qutqaruv nimchasiga ega bo‘lganida, «Titanik» filmining yakuni unchalik qayg‘uli bo‘lmasdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!