Tim Jons: «Tolibon hukumatini tan olish bu – terrorchilarni qonuniylashtirishdir»

Tim Jons: «Tolibon hukumatini tan olish bu – terrorchilarni qonuniylashtirishdir»

Britaniyaning Tojikistonga yangi tayinlangan elchisi Tim Jons va Afg‘onistonning respublikadagi elchisi Muhammad Zohir Agbar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

«’Tolibon’ rahbarlarining aksariyati hali ham BMT qora ro‘yxatida. Ular terroristik tarmoqlar bilan bog‘liq, shu sabab «Tolibon» hukumatining tan olinishi terrorchi guruhlarning qonuniylashishiga olib keladi», – deydi ingliz diplomati uchrashuvda.

U, shuningdek, «Tolibon» qo‘liga o‘tgan qurol-yarog‘ va asbob-uskunalar guruhni sezilarli darajada kuchaytirganini, bu toliblar hozirda mintaqa va dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!