Tilla soat mojarosi: Toshkentda bir ayol boshqa bir ayolni chuv tushirdi

Tilla soat mojarosi: Toshkentda bir ayol boshqa bir ayolni chuv tushirdi

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBga 40 yoshli Dilnoza G. murojaat qilib, 2019 yil 30 dekabr kuni 45 yoshli Gulnoza M. unga erkaklar tilla soatini 4.500 AQSh dollari evaziga sotib berishni va’da qilganini ma’lum qildi.

Gulnoza soatni qo‘lga kiritgach uni sotib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!