«TikTok» AQSh hukumatini sudga bermoqchi

«TikTok» AQSh hukumatini sudga bermoqchi

«TikTok» sudda AQSh prezidenti Donald Trampning AQShda dasturni taqiqlash to‘g‘risidagi qaroriga qarshi chiqishni rejalashtirmoqda.

Ariza Kaliforniya shtatining janubiy okrug sudiga yuboriladi, deya xabar beradi NPR.

Da’vo arizasiga ko‘ra, AQSh prezidentining xatti-harakatlari mamlakat konstitusiyasiga zid, kompaniyaga qarshi ayblovlar esa dalillar bilan tasdiqlanmagan.

Oq uy esa ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp “TikTok”ni Amerika fuqarolariga qarshi josuslikda ayblagan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!