Tibbiyot xodimlarining maoshlari 15 foizgacha oshirildi

Tibbiyot xodimlarining maoshlari 15 foizgacha oshirildi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 iyundan boshlab:

oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmasevtika xodimlarining maoshi 15 foizga;
ikkinchi toifali va toifasi yo‘q xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi.

Tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffisiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.

Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha oylik ustama to‘lanadi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab, davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda:

fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!