Tibbiyot xodimlarining ish haqi ikki marta oshadi

Tibbiyot xodimlarining ish haqi ikki marta oshadi

- Yaqinda tibbiyot xodimlari ish haqlari 10-15 foizgacha oshgan edi. Ish haqlarini oshirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni bilan ularning oyligi yana oshadimi?

Otabek Fozilkarimov, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari:

— 2022 yil 17 maydagi "Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni asosida tibbiyot xodimlarining oyligi 10-15 foizga oshirilishi belgilangan.

So‘ngra kecha, 20 may kuni qabul qilingan ish haqlarini oshirish haqidagi Prezident farmoni asosida barcha xodimlar qatorida tibbiyot mutaxassislarining maoshi ham yana 12 foizga oshiriladi.

Yuqoridagi ikkala farmon ham 1 iyundan boshlab kuchga kiradi.

Masalan, 3 mln. so‘m oylik oladigan tibbiyot xodimining oyligi dastlab 15 foizga oshadi deylik, shunda 3 mln. 450 ming so‘m bo‘ladi. Keyin yana 12 foiz oshadi va jami 3 mln. 864 ming so‘m bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!