Tibbiyot xodimlariga 100 foizgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanadi

Tibbiyot xodimlariga 100 foizgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanadi

Prezidentimizning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra:

Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha guruhlaridan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining:

📌 kamida 75 foizi xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga,

📌 ko‘pi bilan 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizasiya qilish va ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.

Bunda:

✅ xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga ajratilgan mablag‘lar muassasaning yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot va farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizgacha oylik ustamalar;

✅ yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;

✅ oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralar lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

Tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operasiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama joriy etiladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasida va mehnat faoliyatida ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!