Tibbiyot muassasalariga "perevod"chilarning qanchasi DTM testidan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi

Tibbiyot muassasalariga "perevod"chilarning qanchasi DTM testidan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi

Joriy yil tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha juda ko‘p murojaatlar kelib tushgan. Ularning asosiy qismi orasida chet elda tahsil olayotgan va o‘qishini mamlakatimizda davom ettirish istagida bo‘lganlar hamda yurtimizning bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi oliy o‘quv yurtiga ko‘chirish istagidagi yoshlar.

Mazkur arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida, belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va tegishli mezonlarga to‘g‘ri kelgan talabalarninggina o‘qishlari ko‘chirildi.

Xususan, 2022-yil O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 168 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi qonun doirasida hal etildi.

Shuningdek, xorijda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 6 ming 545 nafar talaba o‘qishini mamlakatimizda davom ettirishi uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazildi.

Yakunda ularning 89 nafari belgilangan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishini yurtimizdagi oliy tibbiyot muassasalariga ko‘chirishiga ruxsat etildi. Sinovlarda yetarli ball to‘play olmagan 6 ming 456 nafar talabaning arizasi esa rad etildi.

Qolaversa, tibbiyot kolleji va jamoat salomatligi texnikumlari o‘quvchilaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 1 ming 530 ta ariza kelib tushib, ulardan 666 tasi qanoatlantirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!