Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi va tartibi yangilandi – Prezident qarori

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi va tartibi yangilandi – Prezident qarori

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5010, 27.02.2021 y.) qabul qilindi. 

Qaror bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi va tartibi yangilandi.

Shunga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun:

➖ tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari (MIBB) huzurida hududiy komissiyalar;
➖ MIBB huzurida hamda tenglashtirilgan xizmat o‘tash ko‘zda tutilgan vazirliklar va idoralarda – tibbiy komissiyalar;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar;
➖ Mudofaa vazirligi, DXX, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.

🔘 Quyidagilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi komissiyalar tarkibi Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalari (organlari) rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan tuman (shahar) hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi:

👉 chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar;
👉 harbiy ta’lim muassasalariga kirayotgan fuqarolar;
👉 Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar;
👉 oliy ta’lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalariga (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan) fuqarolar;
👉 harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan fuqarolar; 
👉 harbiy yig‘inlarni o‘tagan fuqarolar;
👉 Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasidagi fuqarolar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!