The New York Times: Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlar Ukrainadan uchirilgan

The New York Times: Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlar Ukrainadan uchirilgan

New York Times gazetasining ukrainalik yuqori martabali mulozimga tayanib yozishicha, hujumlardan kamida bittasi Rossiya bazasi yaqinida joylashgan Ukraina maxsus kuchlari guruhi tomonidan muvofiqlashtirilgan va dronlarni nishonga olib borishga yordam bergan. Shu bilan birga, dronlarning Rossiya Federasiyasi hududiga qanday kirib kelgani aniq emas, deya qayd etadi gazeta.

Aerodromlardagi voqealar Kiyevning Rossiya harbiy bazalariga hujum qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi, deb yozadi The New York Times. Bundan tashqari, maqolada qayd etilishicha, bu hujumlar Ukrainaning uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatidan dalolat beradi. Gazeta bu operasiyani urush boshlanganidan beri Ukraina armiyasi uchun "eng jasoratli" operasiya deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!