Tezkor! Toshkentda ommaviy janjal: ikki yigit pichoqlandi

Tezkor! Toshkentda ommaviy janjal: ikki yigit pichoqlandi

Bugun, 5 iyun kuni soat 18.00 va 19.00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) yoshlar o‘rtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazildilar.

Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda. Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!