Tez yordamning kechikishlari shaharlarda 10 baravarga qisqardi

Tez yordamning kechikishlari shaharlarda 10 baravarga qisqardi

Shuningdek, tez yordam podstansiyalari soni 800 tadan 1 666 taga, tibbiy yordam brigadalari esa 1 890 tadan 2 695 taga yetkazildi. Natijada tez yordamning kechikishlari shaharlarda 10 baravarga qisqardi.

Hududlarda 21 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi (yil yakuniga qadar markazlar soni 35 taga yetkaziladi).

Misol uchun, “Qamchiq” dovonidagi avtohalokatlarda og‘ir tan jarohati olgan bemorlar oldinlari 100 kilometr masofani bosib, Toshkent va Namangan shahridagi shoshilinch markazlarga olib borilgan.

Angren shahri va Pop tumanida ochilgan markazlar hisobiga o‘tgan 3 oyning o‘zida bosh miyada 80 ga yaqin shoshilinch murakkab operasiyalar o‘tkazildi.

Yoki, Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkil etilgan markazda o‘tkir yurak qon-tomir kasalliklari bo‘yicha 68 nafar bemorga shoshilinch operasiyalar o‘tkazilib, ularning hayoti saqlab qolindi. Oldinlari bu operasiyalar faqat Andijon shahrida bo‘lgan.

Lekin Shahrisabz, Kasbi, Sirdaryo tumanlarida bunday markazlarni tashkil etish ishlari sust kechmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!