“TEZ YORDAM” SHIFOKORIGA OG‘IR TAN JAROHATI YETKAZGAN FUQARO QAMOQQA OLINDI

“TEZ YORDAM” SHIFOKORIGA OG‘IR TAN JAROHATI YETKAZGAN FUQARO QAMOQQA OLINDI

17 oktyabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida fuqaro “tez yordam” shifokorini do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetgazgani haqidagi xabar tarqalgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro onasining ahvoli yomonlashgani uchun yarim kechasi uyiga "tez yordam" chaqiradi. Tez yordam mashinasi yetib kelmagach, u bemorni o‘z mashinasida tez yordam shoxobchasiga eltadi va shifokorlarga nisbatan qo‘pol muomala qiladi, kuch ishlatadi.

Ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan (Bezorilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaroga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari Paxtaobod tumani IIB TB tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!