Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi

Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi

“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;


turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;


Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;


texnikumlar va akademik liseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;


OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (8 )

    SHAXBOZ
    Assalomu alaykum
    SHAXBOZ
    Mandat qachon chiqarkan enfi
    👍MAQSADBEK👍
    Mandat qachon chiqadi
    555
    яхшику☺
    Амирбек
    Bu aniqmi
    Амирбек
    Man hozr 1kursni bitirdim texnikumga 2kurs bepulmi
    USER
    ha albatda
    USER
    texnkumni bitirandan keyin OTM ni 2-bosqichda suhbat asosida o'qishni davom etirish mn bo'ladi