Texasda yuz bergan otishma natijasida ikki polisiyachi vafot etdi

Texasda yuz bergan otishma natijasida ikki polisiyachi vafot etdi

AQShning Mak-Allen shahrida (Texas) yuz bergan otishmada kamida ikki polisiya xodimi halok bo‘ldi.

Bu haqda “Associated Press” shahar polisiya boshqarmasi boshlig‘i Viktor Rodrigesga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yashovchilar tomonidan qilingan qo‘ng‘iroqdan so‘ng shanba kuni tushdan keyin ko‘p qavatli binolardan biriga yetib kelgan polisiyaga qarata noma’lum shaxs tomonidan o‘t ochilgan.

Voqea natijasida jarohat olgan ikki polisiyachi esa kasalxonalardan biriga yetkazilgan, ammo shifokorlarning barcha urunishlariga qaramay, vafot etishgan.

“ABC” xabariga ko‘ra, jinoyatchi voqea joyiga boshqa polisiya bo‘linmasi kelganida o‘z joniga qasd qilgan.

"Biz shaharimiz xavfsizligini ta’minlashga intilgan ikki jasur huquq-tartibot xodimini yo‘qotdik", deya ta’kidlagan polisiya boshlig‘i.

Hozircha jinoyatchi kimligi ma’lum qilinmagan. Tergov davom etmoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!