Texasda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

Texasda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

AQShning Texas shtatida McDonnell Douglas DC 9-87 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi KTRK-TV telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot parvoz qilganidan so‘ng yetarli balandlikka ko‘tarila olmasdan keskin qo‘nishni amalga oshirishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Uoller okrugi sherifi Troya Gidrining aytishicha, samolyotda 21 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, halokat oqibatida qurbonlar bo‘lmagani aytilmoqda.

Texas jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumot berishicha, hodisa Hyuston aeroporti yaqinida yuz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!