Tesla kompaniyasi aksiyalarining pasayishi fonida milliardlab dollar yo‘qotdi

Tesla kompaniyasi aksiyalarining pasayishi fonida milliardlab dollar yo‘qotdi

Tesla kompaniyasining bosh ijrochi direktori Ilon Mask o‘z kompaniyasining aksiyalarining pasayishi fonida milliardlab dollar yo‘qotdi.

Ma’lum qilinishicha, bu Teslaning ikki kishining umriga zomin bo‘lgan avtohalokatdan keyin sodir bo‘ldi. Forbesning real-time reytingi ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Ko‘zda tutilgan avariya Texasda sodir bo‘ldi. Elektromobil burchakka mos kelmay, katta tezlikda daraxtga urilgan. Shundan so‘ng, Tesla yonib ketib, yong‘in taxminan to‘rt soat davomida o‘chirilgan. Natijada, ikki kishi halok bo‘lgan. Mahalliy polisiya jabrlanganlarning ahvoli va guvohlarning ko‘rsatmalari «to‘qnashuv paytida transport vositasini hech kim boshqarmaganligini» ko‘rsatganini ta’kidladi.

Kun davomida tadbirkor 5,1 milliard dollar yo‘qotdi, endi uning boyligi 174,6 milliard dollarga baholanmoqda. U dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallaydi. Tesla aksiyalari 19 aprel, dushanba kuni savdolar paytida 3,4 foizni yo‘qotdi, savdolar yakunida ular har bir aksiya uchun 714,63 dollarni tashkil qilgan.

«Hozirgacha olingan ma’lumotlar yozuvlari avtopilot yoqilmaganligini va ushbu avtoulov uchun to‘liq avtonom haydash funksiyasi sotib olinmaganligini ko‘rsatadi»,- dedi tadbirkor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!