Termizga Afg‘onistondan snaryad otishda foydalanilgan qurol topildi (FOTO)

Termizga Afg‘onistondan snaryad otishda foydalanilgan qurol topildi (FOTO)

“Tolibon” radikal diniy-siyosiy harbiylashtirilgan harakati vakillari O‘zbekiston hududida joylashgan Termiz shahriga raketa zarbalari berilgan qurolni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Directorate 4 telegram kanali tomonidan e’lon qilingan xabarda aytiladi.

Termizga Afg‘onistondan snaryad otishda foydalanilgan qurol topildi (FOTO)

Avval xabar qilinganidek, Afg‘oniston TIV O‘zbekistonning Termiz shahriga snaryadlar qulaganidan so‘ng hodisaga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

"Tolibon" hukumatidagi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Kahar Balxiy ham seshanba kuni chegara hududiga sakkizta raketa tushganini, ularning bir qismi Afg‘oniston hududiga, bir qismi esa O‘zbekiston hududiga tushganini da’vo qilmoqda.

Balxiy tvitterda dushman deyarli 10 oy davomida jiddiy xavf tug‘dirmaganini, ammo “hozir u ikki do‘st davlat o‘rtasidagi munosabatlarni buzish uchun qing‘ir harakatlarni amalga oshirayotganini” yozdi.

Afg‘oniston chegaradagi bunday buzg‘unchi harakatlar “ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda muammo tug‘dirmoqchi bo‘lgan doiralar” ishi, deb hisoblaydi, deya qo‘shimcha qildi Tolibon hukumati rasmiysi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!