Termiz tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Termiz tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro E.R. “N.J.” fermer xo‘jaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini fuqaro B.ga o‘zining yer maydoni sifatida ko‘rsatib, ushbu yer maydonini 105 mln so‘mga sotishga kelishib, hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtrib berishni va’da qilib, oldindan 70 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida, E.R. o‘z aybiga iqror bo‘lib, 15 mln so‘mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!