Termiz shahrida uyida fohishaxona ochgan ayol ushlandi

Termiz shahrida  uyida fohishaxona ochgan ayol ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari 22 avgust kuni tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Termiz shahri Manguzar mahallasida yashovchi I.G. yashash uyida mahalladoshi A.D. va Oltinsoy tumanida yashovchi A.M.ga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berish evaziga 100 ming so‘m olgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ayol ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://t.me/sur22/10675


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!