Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021 y.) bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

📌 Qarorga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

🏢 Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Institutda o‘qishni davom ettiradi.

🔰 Institut, jumladan:

➖ xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantiradi;
➖ ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshiriradi;
➖ Institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovasion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi;

🎓 Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!