Tergov organlariga abonent ma’lumotlarini sudsiz olish huquqi berilmoqda

A A A
Tergov organlariga abonent ma’lumotlarini sudsiz olish huquqi berilmoqda

Jinoyat ishlari doirasida kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda telefon bog‘lanishlari haqida ma’lumot sud qarori talab etilmasdan olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar yuzasidan axborot olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkinligini belgilovchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Yangi tartibga ko‘ra, tergovchi yoki surishtiruvchi ayrim hollarda abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar yuzasidan ma’lumotni sud roziligisiz so‘rab olishi mumkin. Bu jinoyat ishi yuzasidan tezkor harakatlar talab etilganda qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, jabrlanuvchi, guvoh yoki ularning qarindoshlari arizasi yoki yozma roziligi asosida ham abonent ma’lumotlarini olish uchun qaror chiqarilishi mumkin.

Qarorda jinoyat ishi raqami, axborot olish zarurati, tekshiriladigan ma’lumot mazmuni, shaxs va telefon raqami, davr hamda ijro uchun yuboriladigan maxsus davlat organi ko‘rsatiladi. Iltimosnomaga asoslovchi materiallar ham qo‘shib beriladi.

Tergovchining qarori va hujjatlar prokurorga yuboriladi. Prokuror iltimosnomani asosli deb topsa, sudga taqdim etadi. Shu orqali qonunchilikda telefon bog‘lanishlari bo‘yicha ma’lumot olish jarayoni yanada tizimli va nazorat ostida amalga oshirilishi belgilanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

Sun’iy intellekt qachon "qaytib bo‘lmaydigan nuqtaga" yetishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Американинг Ant