"Temurbeklar maktabi"da ta’lim olish uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?

"Temurbeklar maktabi"da ta’lim olish uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Mamadaliyev bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

2017 yilda davomida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” infratuzilmalari barcha talablarga javob beruvchi ya’ni jahon standartiga mos ravishda to‘liq yangilandi.

2019 yilda davomida “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payoglari tizimli holatga keltirildi.

"Temurbeklar maktabi”ning barcha o‘quv sinflari zamonaviy elektron doskalar va yuqori tezlikdagi internet hamda Wi-Fi zonalari bilan jihozlandi.

O‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng matematika, fizika, ona tili va adabiyoti, tarix va inliz tili kabi fanlardan mutlaqo bepul tarzda chuqurlashtirilgan qo‘shimcha darslar (repetitorlik) o‘tkazilib kelinmoqda.

30 dan ortiq fan va sport to‘garagi yil davomida muntazam faoliyat olib borilmoqda.

40 o‘rinli Axborot resurs markazi hamda sport zali, qo‘shimcha 1 ta stadion, yugurish yo‘lagi, volleybol va basketbol maydonchalari muntazam faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yildi.

“Temurbeklar maktabi”ni o‘quv reja va o‘quv fan dasturlarini imtiyozli tamomlagan o‘quvchilar Mudofaa vazirli tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinishi joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlarining xodimlari bilan birgalikda "Temurbeklar maktabi"ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun o‘rta umumta’lim maktablarining 5-6 sinf o‘quvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda o‘rganildi va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqildi hamda umumta’lim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!