"Temir xonim" haqida siz bilmagan haqiqatlar

"Temir xonim" haqida siz bilmagan haqiqatlar

MARGARET TETCHER

Nima uchun mashhur?

Buyuk Britaniya tarixidagi birinchi va uzoq (11) yil faoliyat yuritgan ayol bosh vazir. 1992 yilda baronessa unvoniga sazovor bo‘lgan. Qattiqqo‘l siyosatchi va rahbarligi uchun “Temir xonim” taxallusini olgan. 2007 yil Britaniya parlamentida uning bronza haykali o‘rnatilgan. 2011 yil yaratilgan “Temir xonim” filmi esa “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan.                                

Qanday mashhur bo‘lgan?

Margaret Xilda Roberts 1925 yil 13 oktyabrda Linkolnshir grafligining Grantam shaharchasida tug‘ilgan. Uning otasi bir necha oziq-ovqat do‘konlarining egasi bo‘lgan. Oilaning o‘z uyi bo‘lmagani bois ular do‘kondagi xonani ijaraga olib kun kechirishgan. Dastlab Margaret Robertsni oddiy maktabga berishgan. Ammo, keyinroq qizaloq o‘qishni Grantamdagi qizlar maktabida davom ettirishni istagan. U juda intizomli, ilmga chanqoq o‘quvchi bo‘lib, o‘qishdan tashqari xokkey, suzish, pianino, rasm chizish kabi to‘garaklarga qatnagan. Ustozlari bu iste’dodli, ammo kamtar  o‘quvchi kelajakda istalgan sohada muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilishgan. Maktabni bitirgach Margaret kollejda tabiiy fanlar fakultetida o‘qigan. Oksford universitetiga kirgach esa, huquqshunoslikni tanlab, ta’lim maskanining siyosiy hayotiga qiziqib qoladi.

1959 yili parlament a’zosi etib saylanadi. 1970 yili Edvard Xitch Margaret Tetcherni ta’lim va fan bo‘yicha davlat kotibi etib ishga olgan. 1975 yilgi Konservatorlar saylovida rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol yetakchisi bo‘lgan.

1979 yilgi saylovda ham g‘alaba qozonib, Buyuk Britaniya Bosh vaziri etib saylangan. U o‘z davrida hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari ta’sirini cheklash kabi islohotlar olib borgan. Afrikadagi Britaniya kaloniyalari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yib, mamlakatning mavqeini mustahkamlagan. U ayollar huquqlari uchun tinmay kurashgan va bu borada muayyan natijalarga erishgan.

“Temir xonim” har qanday vaziyatda ham mag‘rurligini saqlab qolgan buyuk siyosatchi edi. U dunyo mamlakatlari birinchi xonimlarining garderoblari va dizaynerlar kolleksiyalarida hozirgacha ko‘zga tashlanuvchi bashang uslub asoschisi hamdir. Turmush o‘rtog‘i advokat Denis Tetcher bilan umrining oxirigacha ahil hayot kechirib, ikki farzandni voyaga yetkazgan. 2009 yil mashhur siyosatchi haqida “Margaret” badiiy filmi ekranga chiqqan. Tetcher xonim 2013 yil 8 aprel kuni 87 yoshida vafot etgan.

Mashhur nima deydi?

Agar yakka o‘zim qirq sakkiz nafar kishiga qarshi chiqishimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha qirq sakkizta odamga achingan bo‘lardim”.

Meni muttasil tanqid qilayotganlar Temza to‘lqinlari uzra qadam tashlab ketayotganimni ko‘rishsa, suzishni bilmagani uchun shunday qilyapti, degan bo‘lar edi”.

Uy ayol kishi uchun chegara emas, markaz bo‘lishi lozim”.

Pastkash insonlar buyuklarni muhokama qilib rohatlanadilar”.

Manba: fikrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!