Telekanallarda Yulduz Usmonovaning kliplariga “ZAPRET” qo‘yilgan – Manba

Telekanallarda Yulduz Usmonovaning kliplariga “ZAPRET” qo‘yilgan – Manba

O‘zbekistondagi telekanallarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlari va kliplariga norasmiy taqiq o‘rnatilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yulduz Usmonovaning kliplariga taqiq o‘rnatilishiga xonandaning mamlakat ichki ishlar organlari xodimlariga qaratilgan haqoratomuz chiqishi sabab bo‘lgan. 

Ayni vaqtda Usmonovaga nisbatan navbatdagi taqiq haqidagi ma’lumotlar rasmiy kuchga emas. QALAMPIR.UZ bir necha xususiy telekanallar xodimlari bilan muloqot qildi. Unda ma’lum bo‘lishicha, taqiq norasmiy ravishda o‘rnatilgan. 

Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida, manba “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landi. U Usmonovaning qo‘shiqlari va kliplariga nisbatan  “O‘zbekkonsert” tomonidan hech qanday taqiq o‘rnatilmaganini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bundan avval ham bir necha bor taqiqqa tushgan edi. Bularning eng so‘nggisi 11 yil davom etgan. 2006 yilda Usmonovaning yirik davlat tadbirlarida ishtirok etishiga nuqta qo‘yildi. 2007 yildagi konsert dasturidan keyin “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining eshiklari Usmonova uchun yopildi. Shundan so‘ng, u faoliyatini Turkiyada davom ettirdi. 2016 yil 5 dekabr kuni Yulduz Usmonovaga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!