Telegramda soxta yutuqli aksiya bahonasida fuqarolarni aldagan shaxsning qilmishi fosh etildi

Telegramda soxta yutuqli aksiya bahonasida fuqarolarni aldagan shaxsning qilmishi fosh etildi

Farg‘ona viloyati IIBga 1996 y.t., O.I. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida noma’lum foydalanuvchi unga «Lazzet» mahsulotlari aksiyasida g‘olib bo‘lganligi haqida aytib, 600.000 so‘m pul mablag‘ini yutib olganligi, pullarni olish uchun bank karta ma’lumotlarini so‘rab, bank kartasida bo‘lgan bir million so‘mga yaqin pullarini talon-toroj qilganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, «Lazzet» aksiyasi g‘olibi bo‘ldingiz» mazmunidagi yolg‘on xabarlarni tarqatib, ushbu tovar belgisidan foydalanib, O.I.ning pullarini o‘zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 1996 y.t., X.SH. ekanligi aniqlandi.

Surishtiruv ishlari davomida, X.SH. boshqa fuqarolarning ham bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!