“Telegram” orqali fuqarolarni haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

“Telegram” orqali fuqarolarni haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha (https://t.me/samiibuz/11752), 2021 yil 21 iyul kuni Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1989 y.t. fuqaro SH.SH. “Telegram” internet tarmog‘idagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan.

Haqoratli videoni ko‘rgan guruhdagi ayrim fuqarolar SH.SH. haqoratli so‘zlari uchun kechirim so‘rashini talab qilib, uning yashash xonadoniga borishgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro SH.SH.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

SH.SH.ning yashash manziliga kelib, janjal ko‘targan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Jamoat tartibini buzgan har bir fuqaroning harakatlariga qonuniy tartibda baho beriladi.

IIB o‘zboshimchalik bilan, qonunda belgilanmagan tartibda boshqa bir fuqaroni “samosud” qilish yoki shu kabi harakatlarga urinish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tmoqda.

t.me/Rasmiy_xabarlar_Official


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!