Telefon g‘ilofi va o‘ralgan 1000 so‘mlik pul kupyurasidan giyohvand modda topildi

Telefon g‘ilofi va o‘ralgan 1000 so‘mlik pul kupyurasidan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 12:00 da Bektemir tumanida joylashgan "Bektemir" YPH maskanida ko‘rinishi va turli hatti-harakatlari bilan xodimlrda shubha uyg‘otgan "Vaz-2107" rusumli avtomobil haydovchisi E.T. to‘xtatilib tekshirildi.

Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchi E.T.ning cho‘ntagidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Shuningdek, shu kuni Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi D.A. ham shubha ostiga olinib to‘xtatib tekshirildi. Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruvda D.A.ning telefon g‘ilofi orqasidan giyohvand modda topildi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro E.T. va D.A.lar hamda ulardan topilgan giyohvand moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!