Tel-Aviv - Istanbul samolyoti yo‘lovchilarga yuborilgan surat tufayli ortga qaytdi

Tel-Aviv-Istanbul reysidagi ba’zi yo‘lovchilarga aviahalokat aks etgan surat yuborilganidan so‘ng aviaturargohga qaytdi, deb xabar berdi seshanba kuni Turkiyaning Star gazetasi.
Tel-Aviv-Istanbul reysini amalga oshirayotgan Anadolujet aviakompaniyasining TK-7709 reysi uchish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagi tomon harakatlana boshladi.
Nashrning yozishicha, yo‘lovchilar vaziyat haqida bort kuzatuvchilarga xabar bergan.
"Uchuvchi-kapitan Ben-Gurion aeroportining boshqaruv minorasi bilan bog‘lanib, vaziyat haqida xabar berdi. Samolyot xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘xtash joyiga qaytarildi. Xavfsizlik kuchlari samolyotni ko‘zdan kechirishdi. Samolyotda nazorat o‘tkazishda salbiy holatlar aniqlanmadi. Samolyot Ben-Gurion aeroportidan 17:40 da (Toshkent vaqtiga to‘g‘ri keladi) 154 yo‘lovchi bilan uchdi”, — deyiladi nashr bergan xabarda.