Tehron yaqinidagi harbiy bazada portlash sodir bo‘ldi

Tehron yaqinidagi harbiy bazada portlash sodir bo‘ldi

Tehrondan janubi-sharqda joylashgan Malek Ashtar harbiy bazasida shanbaga o‘tar kechasi ikkita portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Londondagi Eron xalqaro telekanali .

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bazadan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibiga kiruvchi “Basij” jangarilari foydalanmoqda.

Telekanal ijtimoiy tarmoqlardan ushbu baza hududida yong‘in va tutun aks etgan videolarni e’lon qiladi.

Eron ommaviy axborot vositalari voqea haqida hech narsa xabar bermayapti, deydi Iran International.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!