Tehron bu qarorni qo‘llab-quvvatladi

Tehron bu qarorni qo‘llab-quvvatladi

Eron Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish niyatini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Eronning Minskdagi elchisi Said Yoriy.

"SHHT mintaqamiz iqtisodiyoti, siyosati va xavfsizligi sohasida juda muhim tashkilot. Belarusni bilamiz. Bu davlatni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlandi va biz bu harakatni, albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi u.

Elchi Minsk va Tehron xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, G‘arb sanksiyasi va boshqa choralarga qarshi kurashishi zarurligini ta’kidladi. Uning eslatishicha, Eron 40 yildan oshdiki, sanksiya ostida qolmoqda. Bu Eron xalqi uchun jiddiy sinov.

“Binobarin, aynan shu davrda biz ancha kuchaydik, yadro energetikasi, nano texnologiya, ildiz hujayrasini tadqiq qilish va hatto, koinot sohasida ajoyib natijalarga erisha oldik”, deya qo‘shimcha qilgan Said Yoriy.

Diplomat Belarus va Eron munosabati bugungi kunda rivojlanish cho‘qqisida ekaniga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!