Tayvan AQShga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi

Tayvan AQShga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi

Tayvan Tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlariga Tayvan bo‘g‘ozi hududida vaziyat keskinlashgan bir paytda orolni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Vazirlik AQShning Pekinni orolga qarshi ko‘rilayotgan choralar uchun tanqidiga izoh berdi.

“Tashqi ishlar vazirligi AQSh hukumatiga kuchli qo‘llab-quvvatlagani, demokratik Tayvan bilan bir necha bor birdamlik izhor qilgani hamda Tayvan bo‘g‘ozida xavfsizlik va mintaqadagi tinchlikni ta’minlash bo‘yicha aniq harakatlar uchun samimiy minnatdorlik bildiradi”, — deya TIV bayonotidan iqtibos keltirgan TASS.

Avvalroq Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuy AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan keyin ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvaga minnatdorlik bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!