Tayvan AQShdan 1,8 milliard dollarlik raketalar sotib oladi

Tayvan AQShdan 1,8 milliard dollarlik raketalar sotib oladi

AQSh ma’muriyati Tayvanga Xitoyga yetib borish uchun yetarli bo‘lgan 135 ta Slam-Er qirg‘oq mudofaasi qanotli raketalari sotishni ma’qulladi.

Bu haqda “Le Figaro” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, shartnoma 1 milliard dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, AQSh Tayvanning taktik raketa uchirish moslamalarini 436 million dollarga, havo razvedka uskunalarini esa 367 million dollarga sotishga qaror qilgan.

Natijada, tasdiqlangan bitimlarning umumiy miqdori 1,8 milliard dollardan oshgan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!