Taxmina Ikromova Osiyo o‘yinlarida yana chempion bo‘ldi

Taxmina Ikromova Osiyo o‘yinlarida yana chempion bo‘ldi

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Individual ko‘pkurash finalida ishtirok etgan hamyurtimiz to‘p, halqa, bulava va lenta bilan bajarilgan dasturlarda yuqori natijalar qayd etdi.

Ikromova to‘rt yo‘nalish yakunida jami 112.950 ball to‘plab, eng yaqin ta’qibchisini 2.900 ballga ortda qoldirdi va ishonchli tarzda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kumush va bronza medallari esa Xitoy vakillariga nasib etdi.

Bu Taxmina Ikromovaning Osiyo o‘yinlaridagi navbatdagi katta muvaffaqiyati bo‘ldi. U Xanchjou-2022 musobaqasida ham individual ko‘pkurashda oltin medal sohibi bo‘lgan edi.

Ikromovaning g‘alabasidan keyin O‘zbekiston delegasiyasining jami medallari soni 67 taga yetdi. Hozirda vakillarimiz hisobida 21 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza medal bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”