Tashqi ishlar vazirligiga “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish vazifasi qo‘yildi

Tashqi ishlar vazirligiga “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish vazifasi qo‘yildi

Davlatimiz rahbari soha oldida turgan yana 6 ta katta masala yechimi bo‘yicha navbatdagi vazifalarni belgilab bermoqda.

"O‘tgan hafta Samarqandda yangi barpo etilgan Turistik markazda yirik xalqaro tarixiy tadbir – Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitini yuqori saviyada o‘tkazdik.

Bunda xalqimiz, davlatimiz yuksak madaniyati va bunyodkorlik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston raisligi va Samarqand sammiti doirasidagi keng ko‘lamli ishlarimiz va tashabbuslarimizga xalqaro tashkilotlar, ishtirokchi davlatlar rahbarlari yuqori baho bergani barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi.

Samarqandda barpo etilgan yangi aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park, boshqa ko‘ngilochar va dam olish majmualari – mamlakatimiz tarixida yangi turizm darvozasi va Yangi O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylanishiga aminman", dedi Prezident.

Endi ularni ham o‘zimizning aholi, ham xorijiy sayyohlar uchun ishlatishimiz kerakligi ta’kidlandi.

Shu bois Tashqi ishlar vazirligiga:

- “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish;

- Samarqandga sayohlar oqimini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Elchixonalar oldiga xorijiy mamlakatlarda targ‘ibot kampaniyasi, xorijiy ommaviy axborot vositalari, mashhur turistik blogerlar uchun press-turlar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!