Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi axboroti

Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi axboroti

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi «Mashtakovo» va «Sagarchin» nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani kuzatilmoqda.

TIV axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra , mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

1 iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!