“Tashkent city”dagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yildi

“Tashkent city”dagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘i  sotuvga qo‘yildi

Ma’lum bo‘lishicha, Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi ma’muriy kengashining tegishli qarori bilan markaz hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan.

Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan ob’ektni xususiylashtirish va undan foydalanish bo‘yicha «master plan» ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan. Shunga ko‘ra, agentlik maskanni xususiylashtirish va undan foydalanish talablari, shuningdek, buning shartlari va shakllari bo‘yicha «master plan» ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Shu bilan birga, quyida Tashkent city’dagi dam olish maskanini xarid qilish uchun qanday talablar qo‘yilgani ma’lum qilingan:

ob’ektni kelgusida samarali boshqarish, yaratilgan ish o‘rinlarini saqlab qolish, daraxtlar va butalarni kesmaslik hamda ob’ekt hududida kapital qurilish ishlarini amalga oshirmaslik kabilarni inobatga olgan holda;
xaridorlar (investorlar) uchun ob’ektni xususiylashtirish bo‘yicha belgilanadigan talablar;
ob’ektni xususiylashtirishning shartlari va shakllari;
potensial xaridorlarni saralash uchun qo‘yiladigan talablar;
xususiylashtirishdan oldin va undan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning sabablari va yechimi yuzasidan «master plan»ning batafsil tavsifi hamda ishni tashkil etish bo‘yicha professional tashkilotning oqilona tavsiyalari (40 ballgacha);
xizmat haqi taklifi. Bunda, xizmat haqi miqdori taklif etilayotgan «Master plan»ning strategiyasiga bog‘liq. Ish haqi miqdori va boshqa joriy harajatlar aniq ko‘rsatilishi kerak (40 ballgacha).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!