“Taraqqiyot strategiyasi“ markazi rahbari: «Propiska»ni rasmiylashtirishda pasportga shtamp bosish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

“Taraqqiyot strategiyasi“ markazi rahbari: «Propiska»ni rasmiylashtirishda pasportga shtamp bosish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi “Taraqqiyot strategiyasi“ markazi tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda markaz rahbari Eldor Tulyaqov o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Doimiy ro‘yxatni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga shtamp bosish amaliyotidan voz kechish va mazkur jarayonlarni raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda“, deydi markaz rahbari.

Doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda avvalgi yashash joyidan mustaqil ro‘yxatdan chiqish tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy ro‘yxatga turishdan oldin va keyin harbiy hisob uchun mudofaa bo‘limlariga borish tartibi bekor qilinib, ushbu jarayonlar idoralararo elektron dastur orqali amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, tug‘ilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish vaqtida uni otasi yoki onasining doimiy ro‘yxat manzili bo‘yicha idoralararo avtomatlashgan tizim orqali doimiy ro‘yxatga olish tartibi kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!