"Taqiqlangan saytga kirganingiz uchun jarima to‘laysiz": IIB firibgarlardan ogohlantirdi

"Taqiqlangan saytga kirganingiz uchun jarima to‘laysiz": IIB firibgarlardan ogohlantirdi

Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi IIV kiber jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi nomidan fuqarolarga «turli xil taqiqlangan materiallarni tarqatuvchi elementlar, shu jumladan zo‘ravonlik, shafqatsizlik targ‘ib etuvchi, pornografiyani o‘z ichiga olgan» va h.k.lar bilan kurashish uchun bank kartasiga 240 ming so‘m miqdorida pul o‘tkazish zarurligini aytishadi.

"Hurmatli fuqarolar! Ushbu turdagi xabarlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishingizni iltimos qilamiz. Ichki ishlar organlari fuqarolardan hech qanday hisob raqamiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni so‘rashmaydi! Biz buni rasmiy ravishda e’lon qilamiz.

Agar sizga shunday mazmundagi xabarnoma kelsa, iltimos, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga xabar bering.

Bu sizning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga qo‘shgan ulkan hissangiz bo‘ladi", deya bayonot berdi bu borada IIV Axborot xizmati.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!