Taniqli xonanda Davron G‘oyipov 61 yoshida vafot etdi

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov 61 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik taniq rok-pop yulduzi hastalikdan so‘ng o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etdi. Bu haqda suhandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.

U 1978 yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980 yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi – “Original” tuziladi.

1980 yillar boshlarida ijro etilgan “Bu nima bu?” qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron G‘oyipov ijro etgan.

Bundan tashqari “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Otkritoye okno” kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!