Tan berildimi? Yoxud AQShning Suriyadagi harbiy bazalarini Rossiya egallayapti

Tan berildimi? Yoxud AQShning Suriyadagi harbiy bazalarini Rossiya egallayapti

Suriyaning Ayn-al-Arab shahri janubida amerikaliklar tark etgan ikki harbiy bazaga rossiyalik harbiylar joylashdi.

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, Rossiya harbiylari Frot daryosi sharqidagi “Sirrin” va “Sabit” bazalariga kelib o‘rnashgan. Amerikaliklar bu ikki bazani Turkiya “Tinchlik bulog‘i” operasiyasini boshlashdan oldin tark etgan.

Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy operasiyasi 9 oktyabr kuni boshlangan edi. O‘shadan amerikalik Suriyadagi 22 ta harbiy baza va punkting 16 tasini tark etdi. «Tinchlik bulog‘i» operasiyasi to‘xtatilganidan keyin esa ularning oltitasiga AQSh harbiylari qaytib keldi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Suriyadagi harbiy operasiyasi Anqara va Vashington o‘rtasida taranglikka sabab bo‘ldi. Amerikalik siyosatchilar Turkiyadan operasiyani zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Turkiya esa harbiy harakatlar terrorchilarga qarshi qaratilganini va o‘z milliy xavfsizligini himoya qilayotganini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!