Talabalarning ijara xarajatlarining qancha qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ma’lum bo‘ldi

Talabalarning ijara xarajatlarining qancha qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab:

✅ yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

✅ Bunda ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi:

Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan (245 ming so‘m);

➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan (122 ming 500 so‘m) oshmasligi kerak.

✅ Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!