Talabalarga kontrakt pulini to‘rtga bo‘lib to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

Talabalarga kontrakt pulini to‘rtga bo‘lib to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

  • to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya yetilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

  • xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga («super-kontrakt») o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan va qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!