Talabalar diqqatiga: kontrakt pulini 4 bo‘lib to‘lash mumkin

Talabalar diqqatiga: kontrakt pulini 4 bo‘lib to‘lash mumkin

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin.

✅ Jumladan:

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖xorijiy fuqarolar uchun OTM rektori tomonidan belgilangan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan va qolgan qismi OTM rektori tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, joriy yilda super-kontraktning yarmini 1 dekabrgacha, qolgan yarmini 2021 yil 1 martgacha to‘lash kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!