Talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi

Talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi


Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari 3-kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani va uni oynadan itarib yuborgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, oliygoh dekan o‘rinbosariga nisbatan JKning qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish va nomusga tegish moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, talaba qizga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

Jabrlanuvchining salomatligi jiddiy nazoratga olingan. Unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!