Uylanishdan qo‘rqadigan yigitlar

Yana bir muborak kalomda “Nikoh bilan ko‘payishinglar, zero baraka nikohdadir” deyish bilan ham Payg‘ambar alayhissalom ummatlarini oila qurishga da’vat etganlar.

“UYAT BO‘LMAYDIMI?” yoxud ishtonini osiltirgan yigitlar

Jurnalistlar ta’biricha, oddiy, siyqasi chiqqan mavzularni “chaynash” kishining g‘ashini keltiradi. Binobarin, shunga aloqador jihatlar ko‘nglingizning bir chetini “tebratsa”, beixtiyor qo‘lingizga qalam olasiz. Bugun “ommaviy madaniyat” to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda, matbuot sahifalarida ketma-ket maqolalar chop etilyapti, televideniyeda ko‘rsatuvlar namoyish qilinmoqda. Ommaviy madaniyatning ong-u shuurimizga salbiy ta’siri bisyorligi, “go‘zallik” niqobiga o‘rangani xususida rang-barang mulohazalar bildirilyapti. Bundan yoshlar xabardormi? Ming taassufki, jamiyatimizda bu illatning turli ko‘rinishlari ildiz otgan: bodiart, pirsing, tatuaj… va hokazo. Yaqinda yana bir yangicha madaniyatni uchratdim. Tafsilotga o‘tishdan oldin biroz ortga chekinamiz.