Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi o‘limi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganligini, shifokor esa teskarisini aytmoqda

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 10 iyunga o‘tar kechasi hududiy Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, 41 yoshli Azizbek Ahmedov yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etgani haqida xabar berilgan edi (video).