Maserati egasi yo‘llardagi chuqurlar sabab Rossiya hukumatidan 7300 dollar undirdi

Tataristondagi shahardan birida Maserati Quattroporte egasi yo‘llardagi o‘nqir-cho‘nqirliklar sabab mahalliy hukumatdan sud orqali 527 ming rubl (7300 dollar) undirdi. Maserati egasi 2019 yilning martida shahar yo‘lidagi «yama»ga tushib ketib, mashinasiga shikast yetkazgan. Haydovchi YTH holatini qayd etib, munisipalitetni sudga bergan, deb xabar qiladi Motor.