Qashqadaryoda yigitlar qizlarning suratini fotoshop qilib, pul ishlamoqchi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi fuqarolar Olim va Odil (barcha ismlar o‘zgartirilgan) Telegram orqali tanishib qolgan dehqonobodlik qizlar — Odina va Zarinaning fotoshop qilingan suratini internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilgan.